Doʻst Muhammad
Doʻst Muhammad (15–16-asrlar) – hirotlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Margʻaniy mahallasidan ekanligini aytib, ham she'rni, ham muammoni yaxshi aytishi haqida ma'lumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning “Safiy” ismiga bitilgan bir muammosi va quyidagi bayti keltirilgan:
Balost az tu ba dil har zamon jafoyi digar, Jafoki, bar digare mekuni, baloyi digar. (Mazmuni: Dilimga doimo jafo yetkazasan. Boshqalarga yetkazgan jafoying ham men uchun yana bir balodir)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org