Doʻst chuhra ogʻasi madrasasi




Doʻst chuhra ogʻasi madrasasi  — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Doʻst chuhra ogʻasi madrasasi Doʻst chuhra ogʻasi guzarida 1585-yilda Buxoro xonligi hukmronlik qilgan Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida Doʻstmirzo (Doʻstim) tomonidan bunyod etilgan. Abdurauf Fitrat maʼlumotlariga koʻra yillik vaqf miqdori 40000 tangani tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasaga oid vaqf hujjati ikki nusxada saqlanib qolgan. Ikkala vaqf hujjati ham koʻchirma nusxa boʻlib, Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida koʻchirilgan. Madrasa pishiq gʻisht, ganch, yogʻoch va toshdan qirib bitkazilgan. Madrasa gʻarbida koʻcha, shimolida Mirzo Shirin ibn Mirzo Bahodir va Toʻqlibek va boshqalarning hovlilari va koʻcha, sharqida hovlilar va janubida koʻcha mavjud boʻlgan. Madrasa voqifi madrasa uchun Doʻst chuhra ogʻasi guzarida ikkita va Registonda bitta attorlik doʻkonini, Sariosiyo mavzesida 60, Dashtivon qishlogʻida 350, Jiyan Ali robotida 282, Rivdiy qishlogʻida 350 va yana boshqa hududlardagi 220 tanob yerni vaqf qilgan. Madrasa bunyodkori Doʻstim boʻlib, u Abdullaxonning eng yaqin kishilaridan biri boʻlgan. Abdullaxon II uni shuning uchun chuhra ogʻasi lavozimiga tayinlagan. Chuhralar maxsus navkarlar boʻlib, xon xavfsizligini taminlagan. U hatto elchilik vazifasini ham bajargan. Abdullaxon II uni 1587-yilda Qoshgʻarga elchi qilib joʻnatgan. Doʻstim chuhra ogʻasi shu guzarda istiqomat qilganligi sababli, vaqt oʻtishi bilan shunday nomlangan. Sadri Ziyo ushbu madrasada 10 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan.
Do’st chuhra og’asi madrasasi 10 ta hujradan iborat bo’lgan. Ushbu madrasa O’rta Osiyo me’morchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq g’isht, yog’och, tosh va ganchdan qurilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz