DOSSE (DAUSSET) JAN



DOSSE (DAUSSET) JAN (1916) — frantsuz immunologi. Frantsiyadagi birinchi ishi transplantasiyaga oid. Asosiy ishlari immunogematologiyaga, jumladan eritrositlar, leykositlar va trombositlar immunologiyasiga bag’ishlangan. Leykositar antigenlarning yangi sistemasini aniqladi va ularning transplantologiyadagi rolini tadqiq qildi. Buyrak yetishmovchiligini davolash yo’llarini ishlab chiqdi. Nobel mukofoti laureati (1980, B. Benaserraf va J. D. Snell bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz