Do‘smanag‘i tog‘i
Doʻsmanagʻi togʻi — Surxondaryo viloyatidagi togʻ. Bobotogʻtizmasining janubiy davomi. Bal. shim.da va markaziy qismida 670 m dan ziyod, jan.da qariyb 480 m. Uz. 12-14 km. shimolidan janubi-gʻarbga tomon yoʻnalgan, quruqsoy koʻp. Sharqiy yon bagʻri tik. Neogen va paleogenning qumtosh, gil va konglomeratlaridan tashkil topgan. Dagʻal mexanik tarkibli toʻq boʻz tuproklarda rang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh, shuvoq oʻsadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org