DOSHUMOVA TAMARA G’ANIYEVNA



DOSHUMOVA TAMARA G’ANIYEVNA (1954.10.3, Nukus) — xonanda. Qoraqalpog’iston (1977), O’zbekiston (1980) va Tatariston (1981) xalq artisti. Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutining drama va kino aktyori fakultetini tugatgan (1986). 1968-96 yillar Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat filarmoniyasi qoshidagi “Oyqulash” ansamblining yakkaxoni, 1996 yildan “Amu to’lqini” ansamblida xonanda. Kuchli, nafasi keng, baland va yoqimli ovozga ega. Repertuaridan qoraqalpoq xalq (“nolish”, “G’ulpaq” va boshqalar), Xorazm (“Bo’lmas” va boshqalar) qo’shiqlari, qoraqalpoq hamda o’zbek kompozitor va bastakorlari asarlari (“ko’ngil ko’ngildan suv ichar”, N. Muhammeddinov; “qo’shig’imga o’zing qanot bo’lasan”, “sening bu dunyoda borliging”, “yor etma”, X. Turdiqulov; “Besik Jiri” M. Jiemuratov; “Yo’llarim”, M. Ashrafiy va boshqalar) o’rin olgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz