DOSHCHONOV MUXTOR BESHCHONOVICH



DOSHCHONOV MUXTOR BESHCHONOVICH (1909.1.1, Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyati Burtin tumani — 1975.24.5, Toshkent) — injener-meliorator-o’rmonshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1969), qishloq xo’jalik fanlari Doktori (1965), professor (1966). Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jalikni mexanizatsiyalash injenerlari intini tamomlagan (1936). Toshkent qishloq xo’jaligi institutida dotsent, o’rmonchilik va o’rmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri (1949-67), O’rta Osiyo o’rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori (1967-73). 1973 yildan Toshkent qishloq xo’jaligi institutida o’rmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy asarlari O’zbekistonning tog’ yon bagirlarida tuproq eroziya va sel oqimlariga qarshi kurash, agroo’rmon meliorasiyasi masalalariga bag’ishlangan. As: regulirovanie selevix potokov v ruslax gornix rek Uzbekistana, T., 1944; Vliyaniya terrasirovaniya i oblesneniya gornix sklonov na poverxnostniy Stok, T., 1965.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz