DO’SHAKAYEV SHOMUROD



DO’SHAKAYEV SHOMUROD (1871-1952) – o’ymakor usta, Qo’ng’irot va Shumanay yog’och o’ymakorligi maktabining yirik vakili. Usta Do’shaka oilasida tug’ilgan. O’ymakorlikni otasidan o’rgangan. Do’shakayev yaratgan buyumlari naqshlarga boyligi, go’zal va soddaligi bilan ajralib turadi. U “Qo’chqor muguz”, “aylanma muguz” va boshqa turli-tuman shakldagi naqshlar bilan bezagan panjara (yerganak), sandik (Arja), aravaning old taxtasi, ustun va boshqa buyumlar mashhur. Do’shakayev yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz