DORUG’A
DORUG’A, daruxachi, dorug’achi (mo’g’ulcha — nazoratchi, shahar boshlig’i) — 1) mo’g’ullar davlatish mahalliy hokimlar huzuridagi ulug’qoon vakili, noibi. Dorug’a zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: aholini ro’yxatga olish; mahalliy xalqdan qo’shin to’plash; pochta aloqalarini yo’lga qo’yish; soliqlar yig’ish; to’plangan soliq-to’lovlarni ulug’ qoon saroyiga yetkazish; 2) Temuriylar va Shayboniylar davrida viloyat, shahar hokimi. Dorug’aning vazifasiga shaharni idora qilish, aholi ro’yxatini olish va uni hisob-kitob qilib borish, soliq undirish kabilar kirgan; 3) Buxoro xonligida Dorug’a shaharning harbiy komendanti. Ad.: Hofiz tanish al-Buxoriy, Abdullanoma (Sharafnomayi shohiy), 1-j., T., 1999; Mirza Badi’ divan, Madj-ma’ al-arkam, M., 1981; Bartold V.V., Sochineniya, t.1, M., 1963.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz