DORTMUND



DORTMUND — Germaniyadagi shahar, Shim. Reyn-Vestfaliya yerida, Emsher daryosi va Dortmund—EMS kanali bo’yidagi port. Aholisi 591,7 ming kishi (1998). Germaniyaning yirik sanoat, ayniqsa qora metallurgiya sanoati markazlaridan biri. Transport yo’llari tuguni, Rur sanoat rayonining Sharqiy “darvozasi”. Og’ir mashinasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Dortmundda yirik banklar, savdo va sanoat firmalari joylashgan. Ulgurji savdo markazi. Universitet, ilmiy tadqiqot intlari, teatr va boshqalar bor. Dortmund yozma manbalarda dastlab 885 yildan Trotmanniya nomi bilan tilga olingan. 12-asrda shahar huquqini olgan. 12-15 asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz