Dorranai Hassan
Dorranai Hassan (2000-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — nemis-afgʻonistonlik professional ayol futbolchi, Afgʻoniston ayollar terma jamoasi hamda hozirgi vaqtda Nemis futbol klubi „Herta 03 Zehlendorf“ jamoasida darvozabon sifatida faoliyat yuritadi. Hasanning otasi 1972-yilda Afgʻonistondan Germaniyaga oʻqish uchun kelgan va Dorranai Hassan Berlinda tugʻilib oʻsgan.
Futbolchilik faoliyati
Klubdagi faoliyati
U 2016-yil sentyabr oyida boshida tuzilgan shartnomaga binoan 10-sentyabr kuni „Herta 03 Zehlendorf B“ klubida debyut qilgan va asosiy tarkibda maydonga tushib 90 daqiqa davomida oʻynagan. U 2016—2017-yilgi mavsumdan beri Hertha 03 Zehlendorf B jamoasida ketma-ket uchta mavsum oʻtkazgan va jami 18 ta oʻyinda maydonga tushgan, umumiy hisobda1620 daqiqa maydonda boʻlgan. 2016—2017-yilgi mavsumda u oʻz klubi uchun 11er Women LL va Berlin Ayollar ligasida 2017—2018-yilgi mavsumda va 2018/2019-yilgi mavsumda yuqori saviyali oʻyin koʻrsatgan.
Milliy terma jamoadagi faoliyati
U Afgʻoniston terma jamoasi safida Janubiy Osiyo chempionatida amaldagi chempion Hindistonga terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan va jamoasi bilan 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Koʻpchilik afgʻon ayol futbolchisi kabi u Tolibon muammosi tufayli Afgʻoniston mamlakatidan uzoqroq turishga majbur boʻlgan. Afgʻoniston ayollar terma jamoasining tarixi anchagina yosh boʻlib, u 2007-yilda tashkil etilgan, Hasan yosh tarix va jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri hisoblanadi. Afgʻoniston terma jamoasi tashkil etilgan yili Pokiston ligasi gʻolibi va 2012-yilda Janubiy Osiyo kubogining yarim finalchisi sifatida ilk muvaffaqiyatlarga erishgan. Jamoa hozirda jahon reytingida 115 ta jamoa ichida 109-oʻrinni egallab turibdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org