DORPECH
DORPECH — uy bezagi; kashta tikib bezatiladigan badiiy buyum. Duxoba, sidirg’a shoyi, satinga rang-barang ipaklarda qo’lda kashta tikib tayyorlanadi. Uy to’ri—taxmon qismi devorining yuqorisiga tutilishi bilan Zardevordan farq qiladi. Hozir badiiy buyumlar fabrikalari (masalan, Toshkent, Andijon badiiy buyumlar fabrikasi va boshqalar) da popop mashinalarida ham tikib tayyorlanadi. Qizlarning sepiga kirgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz