DOROYIBOFLIK
DOROYIBOFLIK — shoyi-atlas, beqasam to’qishning qadimgi usuli; Doroyi to’qish kasbi. Doroyining eni, tig’ va gulasi shoyi-atlas, beqasamning eni, tig’ va gulasidan ancha keng bo’lgani uchun Doroyi to’qish boshqa gazlamalarni to’qishdan qiyin bo’lgan. Ilgari bu ish bilan maxsus ustalar (doroyiboflar) shug’ullangan. 1920 yillardan so’ng Doroyiboflik sanoat artellariga uyushgan holda davom ettirildi. Doroyiboflik kasbi 20-asrning 50-yillarigacha davom etdi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz