Dorothea Wierer




Dorothea Wierer Corradini (1990-yil 3-aprelda tugʻilgan) — italiyalik biatlonchi, biatlon boʻyicha Jahon kubogida qatnashib kelgan. Karin Oberxofer, Dominik Vindish va Lukas Xofer bilan 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida aralash estafetada bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2018-yil Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida esa Liza Vittozzi, Lukas Xofer va Dominik Vindish bilan aralash estafetada yana bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2022-yil Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida Sprintda birinchi shaxsiy medalini qoʻlga kiritgan. U Ommaviy start boʻyicha 2019-yilgi jahon chempioni va 2020-yilgi yakkalik va taʼqib qilishlar boʻyicha jahon chempioni boʻlgan.

Faoliyati



Wierer Biatlon boʻyicha jahon chempionatining birinchi medalini qoʻlga kiritgan va Nikol Gontier, Mishel Ponza va Karin Oberxofer bilan birga Nové Město na Moravěda boʻlib oʻtgan 2013-yilgi biatlon boʻyicha jahon chempionatida ayollar estafetasida uchinchi oʻrinni egallagan, bu Italiya ayollari uchun biatlon boʻyicha jahon chempionati birinchi medali boʻlgan. Östersunddagi 2019-yilgi chempionatda u 12,5 km Ommaviy startda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Hozirda u 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronzadan iborat jami 10 ta medallarni sohibasi hisoblanadi.

2015—2016-yilgi mavsum boshida Wierer Östersunddagi biatlon boʻyicha Jahon kubogida oʻz faoliyatidagi birinchi gʻalabasini qayd etgan va 2019—2020-yilgi mavsum oxirida Wierer 11 gʻalaba bilan jami 35 marta shohsupani egallagan. Shuningdek, u 21 ta estafetada shohsupaga koʻtarilgan, shulardan, 5 tasi mutloq gʻalabadir. U 2018—2019-yilgi Jahon kubogida gʻolib boʻlgan (birinchi italiyalik, erkaklar natijasi mundan mustasno). Wierer 2019—2020-yilgi mavsumda umumiy chempionlikni himoya qilgan (2001—2002-yilda Magdalena Forsbergdandan keyingi ushbu natijaga erishgan birinchi ayol) va shuningdek, 4 ta intizom kubogi, 2015—2016-yilgi yakkalik Jahon kubogi, 2018-yilgi chempionatda gʻolib boʻlgan. 19 yoshlilar Pursuit Jahon Kubogi, 2019—2020-yilgi Ommaviy start Jahon Kubogi va 2020—2021-yilgi yakkalik Jahon Kubogi sovrindori hisoblanadi.

2019-yil fevral oyida Wierer har bir biatlon intizomida gʻalaba qozongan uchinchi biatlonchi (fransuz Martin Fourcade va Mari Dorin Habertdan keyin) boʻlgan.

Natijalar




Olimpiya oʻyinlari



3 ta medal (3 ta bronza)

Wierer Olimpiya oʻyinlarida uchta medalni qoʻlga kiritgan. Sochida aralash estafetada bronza medalini qoʻlga kiritgan. Pxyonchxanda xuddi shu yoʻnalish boʻyicha (aralash estafeta) boʻyicha yana bir bronza medalini qoʻlga kiritgan. Pekinda Wierer Sprintda birinchi shaxsiy medalini qoʻlga kiritgan.


Oʻsmirlar—yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz