Dororo




Dororo (yaponcha どろろ) – 1967-yilda Osamu Tezuka tomonidan yozilgan va tasvirlangan shu nomdagi mangaga asoslangan anime. Mangadan farqli oʻlaroq anime seriali mazmunan tugallangan. Birinchi anime seriali 1969-yilda taqdim etilgan. Ikkinchi anime seriali esa 2019-yilda MAPPA va Tezuka Productions studiyalari tomonidan namoyish etildi. Anime drama, tarixiy va sarguzasht janrlarida tasvirlangan.

Manga



Anime mangasi birinchi marta Shogakuka nashriyotining Shonen haftalik jurnalida chop etilgan. Dororoni ushbu manga jurnali 1968-yilning avgustidan 1968-yil iyuligacha har yakshanba kuni taqdim etib borgan. Manga ijodkori yaponiyalik manga rassomi Osamu Tezuka boʻlib, u nafaqat manga suratlarini chizgan, balki uni yozgan ham hisoblanadi. Keyinchalik 1969-yilda Dororo mangasini yaponiyaning yana bir nashriyoti Akita Shotenga tegishli Boʻken Oʼ jurnalida oktyabrgacha chop etib borildi. 1971-yilning 12-avgustidan may oyigacha xuddi shu jurnal mangalarni jamlab toʻrtta tankobon jildda taqdim etdi Keyinchalik esa 2008-yilda Kodansha nashriyotining AQShdagi Vertical Inc boʻlimi „Dororo“ mangasini 29-apreldan 26-avgustgacha ingliz tilida uch jildga jamlab taqdim etdi. Manga jildlari Amazonning manga elektron jurnalida taqdim etilgan.

Anime



Dororo mangasi taqdim etilgan 1969-yilning aprel-sentyabr oylari oʻrtasida Fuji TV kanali 26-qismdan iborat birinchi anime seriyasini taqdim etadi. 2008-yilda Anime Sols media studiyasi animeni namoyish etish huquqi uchun litsenziya sotib oldi. 2016-yilda bu huquqni Discotek Media ham qoʻlga kiritdi va DVD diskida sotishni boshladi.
2018-yilning mart oyida MAPPA VA Tezuka Productions studiyalari Dororo animesining ikkinchi serialini tayyorlashlarini maʼlum qildi. Kazuxiro Furuxashi rejissyorlik qilgan, 24-qisimdan iborat anime seriali 2019-yilda Amazon Prime Video tomonidan efirga uzatildi. Keyinchalik ingliz, rus va boshqa tillar qatori oʻzbek tiliga ham dublyaj qilindi.

Mazmuni



Anime voqelari oʻrta asrlar Yaponiyasi boʻlmish Sengoku davrida sodir boʻldi. Oʻsha davrning badavlat feodali oʻgʻil farzand koʻradi. Qurgʻoqchilik va dushmanlar taʼsiridan azob chekayotgan xalqini asrab qolish hamda oʻz hokimiyatini saqlash maqsadida feodal oʻz farzandini oʻn ikki iblis maʼbudlariga qurbon qiladi. Feodal iblis maʼbudlari bilan tuzgan bitimga koʻra, oʻzining birinchi farzandini qurbon qilish evaziga tinchlik va farovonlikka erishadi. Iblislar bola tugʻulmasidanoq uning tana aʼzolarini oʻzaro boʻlishib oladi, ammo bir iblis oʻz haqqini qoldiradi va natijada bosh chanoqdan iborat bola dunyoga keladi. Uni qiyofasini koʻrgan doya va xizmatchilar qoʻrquvdan dahshatga tushishadi. Otasining buyrugʻi bilan faqat bosh chanogʻdan iborat boʻlgan bola botqoqlikka tashlab ketiladi. Uni urushda yaralangan askarlarga protez aʼzolar yasovchi usta Jukay topib oladi. Uning qisman tirikligini bilgan usta unga sunʼiy aʼzolar yasab beradi va Xyakkimaru deb ism qoʻyadi. Maʼlum boʻlishicha, Xyakkimaru tanasini va aʼzolarini yegan ibilislar oʻldirilganda, uning oʻsha aʼzosi qayta tiklanadi. Shu tariqa faqat ongi mavjud boʻlgan qoʻgʻirchoq sifat Xyakkimaru roninga aylanadi va oʻzining aʼzolarini qaytarish uchun iblislar bilan kurashga otlanadi. Dastlabki safarda u Dororo ismli qizchani uchratib qoladi va uni bezorilardan qutqaradi. Yolgʻiz va yetim boʻlgan Dororo Xyakkimaruga ergashishga qaror qiladi va ular birgalikda iblislarni yengishni boshlaydi. Safar davomida ikki qahramon turli iblislar va sarguzashtlarga duch kelishadi. Xyakkimaru oʻzining tana aʼzolarini tiklab boraveradi va bir kun bu haqida uning otasi, feodal Daigo Kagemitsu xabar topadi. Maʼbud iblislar tuhfalaridan ayrilib yana zaiflashishdan qoʻrqqan Daigo Kagemitsu birinchi oʻgʻli boʻlmish Xyakkimaruga halal bera boshlaydi va uni yoʻq qilish payiga tushadi. Keyinchalik feodalning ikkinchi oʻgʻli Tahumaru onasi Nuino Katadan Xyakkimaru haqida bilib oladi va otasining oxirigi vaqtlardagi oʻzgarishi nima sababdan ekanligi oydinlashadi. Boshida Tahumaru akasining bunday qismatga duchor boʻlganiga achinib norozi boʻladi. Vaqt oʻtib iblislar magʻlub etib borilar va ular tuhfa qilgan farovonlik hamda tinchlik zaiflashib borayotganiga guvoh boʻlgach shaxsan oʻzi akasini oʻdirishga qaror qiladi.

Anime fantastik va sarguzasht janrida boʻlsada, oʻzida chuqur maʼnoni aks ettiradi va hayotda har qanday vaziyatda, hatto tugʻilishi bilan shunday ayanchli va qoʻrqinchli qismatga duchor boʻlsa ham maqsad sari harakatlanishga undaydi. Animeni oʻn yetti yoshdan katta oʻsmirlar koʻrishi tavsiya etiladi.

Ovoz bergan aktyorlar



Dororo animesi koʻp tillarga tarjima qilingan boʻlib, haqiqiy yapon va ingiz tilidagi nusxasiga quyidagi aktyorlar ovoz bergan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz