DORO — qadimgi Erondagi Axomaniylar sulolasiga mansub podshohlar: Doro I, Darayavauxsh (miloddan avvalgi 522-486 yillarda hukmronlik qilgan). Kambiz I o’limidan foydalanib hokimiyatni qo’lga olgan kohin Gaumatapsh o’ldirib, taxtni egallagan. Miloddan avvalgi 522-21 yillarda 10 ming kishilik xos qo’shini yordamida Bobil, Eron, Midiya, Marg’iyona, Elam, Misr, Sattagidiya, Parfiya, So’g’d, Xorazm, Baqtriya va boshqa mamlakatlardagi qo’zg’olonlarni bostirgan. Doro I Hindistonning shimoliy-g’arbiy qismidagi bir qancha o’lkalarni ham o’z davlatiga qo’shib olgan (miloddan avvalgi 518). Qora dengizning shimoldagi skif qabilalari bilan urushib mag’lubiyat bilan qaytgan (miloddan avvalgi 514). Doro I davrida yunonlar bilan eronliklar o’rtasida boshlangan urush bir necha yil davom etgan. Doro I mamlakatni bir necha harbiy-ma’muriy viloyatlar (satraplik) ga bo’lib, ularga fors zodagonlaridan hokim (satrap)lar tayinlagan; yangi soliq tizimini joriy qilgan. Mamlakatdagi mavjud karvon yo’llarining mustahkamlanishi va yangi savdo yo’llarining ochilishi, Nildan Suvayshgacha bo’lgan kanalning ta’mir qilinishi, oltin tanga zarb qilinishi o’sha davrdagi xalqaro savdoning rivojlanishiga muhim hissa qo’shdi. Doro I davrida ibodatxonalar (Memfisda), qasrlar (Suzada), shoh qarorgohi (Persepolda) qurildi. Doro I hukmronlik qilgan yillar Axomaniylar davlatining eng yuksalgan davri hisoblanadi. Doro I davrida sodir bo’lgan voqealar, xususan Turon qabilalarining milliy ozodlik harakatlari Bihistun kitobalarida aks ettirilgan. Doro II, qadimgi Eroncha Vaxuka, yunoncha Not (miloddan avvalgi 423-404 yillarda hukmronlik qilgan). Artakserks I ning o’g’li. Doro II davrida Midiyada Axomaniylar zulmiga qarshi qo’zg’olon ko’tarilgan (miloddan avvalgi 409), Misr mustaqil viloyat bo’lib ajralib chiqqan (miloddan avvalgi 404), Axomaniylar davlatiga tobe bo’lgan boshqa viloyatlarda ham hokimlarning Markaziy hukumatga qarshi harakatlari va o’zaro urushlari kuchaygan. Doro III, Kodoman — Axomaniylar sulolasining eng oxirgi podshosi (miloddan avvalgi 336-300). Miloddan avvalgi 335 yilning oxirida Misrni qayta bo’ysundirdi, biroq Iskandar Zulqarnayn qo’shinidan Iss (miloddan avvalgi 333) va Gavgamela jangi (miloddan avvalgi 331) da tamoman mag’lubiyatga uchrab, Sharqiy Eronga qochgan. O’z amaldori, Baqtriya satrapi Bess tomonidan o’ldirilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
"Doro" so‘zi turli kontekstlarda turlicha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Quyida uning bir nechta asosiy ma'nolari haqida batafsil ma’lumot keltiraman:
Doro — dorixonadagi dori-darmon (dori)
O‘zbek tilida "doro" so‘zi ko‘pincha "dori" (medikament, davolash vositasi) ma’nosida ishlatiladi. Dorilar odam yoki hayvonlarning sog‘liqni saqlash, kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladi. Dorilar turli shakllarda bo‘lishi mumkin: planshetlar, kapsulalar, malhamlar, tomchilar, niqoblar va boshqalar.
Dorilar qat’iy me’yor va standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi va ularning qo‘llanilishi shifokor ko‘rsatmasi bilan bo‘lishi kerak.
DORO — yuqori sifatli telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
"Doro" nomli kompaniya asosan qariyalar va kam harakat qiluvchi odamlar uchun mo‘ljallangan oson ishlatiladigan mobil telefonlar va smartfonlar ishlab chiqaradi. Bu telefonlar oddiy interfeys, katta harflar, yaxshi dinamiklar va favqulodda chaqiruv tugmasi kabi imkoniyatlarga ega. Doro kompaniyasi Skandinaviya mamlakatlaridan birida joylashgan.
Doro — turli tillarda o‘ziga xos ma’nolar
Ba’zi tillarda (masalan, nemis tilida) Doro — odam ismi sifatida ishlatiladi.
Shuningdek, boshqa madaniyatlarda Doro yoki Doroh nomlari boshqacha ma’noga ega bo‘lishi mumkin.
Agar sizga "Doro" so‘zi haqida ma’lum bir kontekstda yoki ma'lum bir yo‘nalishda batafsil ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, aniqroq so‘rashingizni so‘rayman. Shunda men sizga kerakli ma’lumotni berishda yordam beraman.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish