Doʻrmon yoʻli koʻchasi (Toshkent)




Doʻrmon yoʻli koʻchasi  — Mirzo Ulugʻbek tumani hududida. Bogʻishamol va Temur Malik koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 3 km atrofida.

XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Koʻcha boshida kabel zavodi boʻlganligi tufayli dastlab „Elektrokabel“ nomi bilan yuritilgan. 1967-yil 29-martda koʻchaga davlat arbobi Fayzulla Xoʻjayev (1896-1938) nomi berilgan. Joyning tarixiy nomini tiklash va yoʻlning Doʻrmon qishlogʻiga olib chiqishini nazarda tutgan holda 2008-yil 6-mayda koʻchaga hozirgi nomi berildi. Koʻchaning davomi boʻlgan Zulayho koʻchasi ham 2008-yil 2-sentabrda shu nom bilan qayta nomlandi.

Mirzo Ulugʻbek, Ziyolilar, Buyuk Ipak Yoʻli va boshka koʻchalar bilan kesishadi. Yoʻnalishida Oʻzkabel aksiyadorlik jamiyati, Akademiklar shaharchasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maʼmuriy binolari, Mirzo Ulugʻbek xiyoboni, Toshkent-Chorvoq temir yoʻl, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining sport majmuasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va boshka muassasalar joylashgan. Qorasuv kanali, Toʻrtariq va Yalangʻoch arigʻi oqib oʻtadi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz