DORIYLAR
DORIYLAR — Yunonistonning to’rt asosiy qabilalaridan biri. Miloddan avvalgi 12-asrda shimol va O’rta Yunonistondan Peloponnesning Janubi-g’arbiga (Argolida, Messeniya, Lakoniya), keyinchalik Rodos, Krit, Kos orollari va kichik Osiyo (Knid) hamda Janubiy Italiya, Sitsiliyaning turli joylariga borib o’rnashganlar. Doriylar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Peloponnesda Doriylar hukmron elat bo’lgan, ishlab chiqarishda qullar mehnatidan foydalanilgan, davlat vujudga kelgan. Doriylar boshqa yunon qabilalaridan o’zining harbiy intizomi, barqaror urug’chilik urf-odatlari, mag’rurliklari va oddiy hayot tarzi bilan ajralib turgan. Bular Sparta aqli uchun xos bo’lgan. Doriylar shevasi adabiy til hisoblangan. Madaniyat sohasida Doriylar boshqa yunon qabilalaridan, ayniqsa ioniyaliklardan ancha ortda qolganlar. Doriylar yashagan hududlarda yirik quldorlik davlatlari vujudga kelgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz