DORISOY
DORISOY — Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Ziyovuddin tog’larining g’arbiy yon bag’ridan oqib tushadigan 14 ta irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Zarafshon daryosiga etib bormasdan Karmana shahridan 3 kilometr g’arbda tugaydi. Uzunligi 18 kilometr. Mavsumiy qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Bahorda, ayniqsa kuchli jala quyganda suvi ko’payadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz