DORI QUTICHA



DORI QUTICHA, aptechka — birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda, shuningdek, o’z-o’ziga va o’zaro yordam berishda ishlatiladigan doridarmonlar, bog’ov materiallari hamda tibbiy anjomlar joylashtirilgan quticha. Qanday maqsadda ishlatilishiga qarab, onalar va bolalar Dori qutichasi, individual Dori quticha, shuningdek, birinchi yordam ko’rsatish, universal Dori qutichasi va boshqa turlarga bo’linadi. Dori qutichada, asosan, analgin, nitrogliserin, korvalol yoki validol kabi dorilar hamda bint, paxta, bakterisid leykoplastir, 5% li yod, kaliy permanganat va boshqalar bo’lishi kerak.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz