Dorerin Occitan
Oksitan tili , provansal tili — roman tillariaan biri; Janubiy Fransiyada, shuningdek, Italiya shimolida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. kishidan ortiq. Laxjalari 2 guruhga bulinadi: shim. oksitan (limuzin, overn, provans-alp) va urta oksitan (langedok, pro-vans), shu bilan birga alohida gaskon lahjasi ham mavjud. Oksitan tili fransuz tiliga yaqin bulsada, bir qancha fonetik va morfologik jihatlari bilan undan farq qiladi. Adabiy tili 11-asrdan mavjud, 12—13-asrlarda adabiyot taraqqiyot choʻqkisiga koʻtarilgan. Ana shu davrda bir qancha lahjalarning qoʻshilishidan umumprovansal adabiy tili shakllangan. 13-asrda Pirovansning Shimoliy Fransiyaga qoʻshib olinishi Oksitan tili vazifa doi-rasining keskin qisqarishiga, uning bir necha alohida lahjalarga boʻlinib ketishiga olib keldi. Hozirgi Oksitan tilidagi adabiyot cheklangan holda, koʻpincha ogʻzaki muomalada qoʻllanadi. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Kad- yozuv yodgorliklari 10—11-asrlarda yaratilgan.
Oksitan tili (oksitancha talaffuzi: utsiˈta; fransuzcha talaffuzi: ɔk.si'tɑ̃) yoki
Lenga d'òc (ˈleŋɡɔ ˈðɔ(k); fransuzcha: Langue d'oc) roman tillaridan biri boʻlib, unda Fransiya janubi, Italiyaning Oksitan vodiyi, Monako va Ispaniyaning Val d'Aran mintaqasida yashovchi qariyb 2 million aholi gaplashadi. Oksitan tili Kataloniya rasmiy tillaridan biri. Oksitanchaga yaqin til katalan tilidir.
Manbalar
uz.wikipedia.org