Doran Clark
Doran Clark (talaffuzi: „Doran Klark“, 1954-yil 8-avgustda tugʻilgan) — amerikalik muvaffaqiyatli aktrisa hisoblanadi.
Erta hayot va taʼlim
Clark aktrisa/model Audrey Caire va William Clarkning farzandi sifatida tugʻilgan. Uning oilasida Clarkdan tashqari ikki singlisi va ikkita ukasi bor, jumladan aktrisa Luisa Clark Goddard (Harri va Luisa siyosiy reklamalari). Clark general Mark W. Clarkning nabirasi hisoblanadi. Clark Syracuse universitetini Yevropa tarixi boʻyicha tamomlagan, shuningdek u keyinchalik Briarcliff kollejida sahna sanʼati boʻyicha tahsil olgan va Sanʼat bakalavri darajasini bo'yicha diplomni qo'lga kiritgan.
Karyerasi
Clarkning film va televidenie ijodlari orasida Black Eagle (Jean-Claudel Van Damme bilan), Passport to Paris (Mary-Kate va Eshley Olsen bilan), Perry Mason, Matlock, Jake va Fatman, Trapper Jon, MD filmidagi koʻplab chiqishlar kiradi. MacGyverning „The Heist“ deb nomlangan epizodida, shuningdek, Murder, She Wrote kabi bir nechta epizodlari va 1970-yillarning oxiridan 1990-yillargacha boʻlgan sitkomlarda koʻplab bosh va yordamchi rollarni ijro etgan.
U uch xil turdagi rollari bilan tanilgan: qisqa muddatli (sakkiz qism) Ann Dalles rolidagi Secrets of Midland Heights, Jillian Beauchamp rolida Kingʻs Crossing va Emerald Point NAS askar Lesly Mallory rolida. U, shuningdek, qisqa muddatli NBC -TV-ning „Nightingales“ dramasida Charlin Chasen rolini ijro etgan.
Shaxsiy hayoti
2018-yil holatiga koʻra, Clark Kaliforniyaning Hollywood Hills shahrida istiqomat qilgan. U prodyuser Peter Abramsga turmushga chiqqan va ularning ikki vafar farzandi bor.
Filmografiyasi
Televideniye
Manbalar
uz.wikipedia.org