Dora Biro
Dora Biro inson xulq-atvorini oʻrganuvchi biolog hamda Rochester universitetida inson miyyasini tadqiq qilish boʻyicha professor boʻlib dars beradi.
U avval Oksford universitetida hayvonlarning xulq-atvorini oʻrganadigan professor boʻlib ishlagan
va Yaponiyaning Kioto universitetiga sut emizuvchilarni oʻrganuvchi professor sifati tashrif buyurgan. Biro ijtimoiy xulq-atvor, muammolarni hal qilish hamda qushlar va sut emizuvchilarni oʻrganish boʻyicha oʻqigan.
Taʼlim
Biro 1997-yil biologiya sohasi boʻyicha bakalavr diplomini qoʻlga kiritgach, hayvonlar xulq-atvorini oʻrganish boʻyicha doktorlik ishini Oksford universitetida yoqlaydi.
Faoliyati
Biro 2002-2003-yillarda Yaponiya ilm-fanni targʻib qilish jamiyatining doktorlikkacha boʻlgan izlanishlar guruhi aʼzosi boʻlgan. U 2003-2006-yillarda Oksford universitetida muhandislik va fizika fanlari tadqiqot kengashiga aʼzo boʻlgan. U 2007-yilda Yaponiyaning Kioto universitetiga sut emizuvchilarni oʻrganish boʻyicha professor sifatida tashrif buyurgan.2013-yilda Biro hayvonlar xulq-atvori boʻyicha Hug kollejida zoologiya fanidan professor sifatida hammaga dars oʻtib beradi.
Tadqiqotlar
Biro ijtimoiy xulq-atvor, muammolarni hal qilish hamda qushlar va sut emizuvchilarni oʻrganish boʻyicha alohida guruhlarda taʼlim olgan. Keyinchalik zamon bilan hamnafas boʻlib shimpanzelarning yuz harakatlarini aniqlash boʻyicha sunʼiy intellektga aloqador izlanishlar olib borgan. Matematik modellashtirish, GPS kuzatuv akselerometrlarini ham hayvonlarga aloqador qismlari boʻyicha koʻplab izlanishlar olib borgan.
uz.wikipedia.org