Dor




Dor — 1) dorbozlar oʻyin koʻrsatadigan qurilma. Maxsus yogʻoch, arqon, chigʻiriq, machta, "kindik", havozadan iborat. Ikki tomonga toʻsin, dor markazi (oʻrtasi)ga yogʻochdan yasalgan baland machta oʻrnatiladi, har ikki chekka balandligiga tekis taxta ("kindik") oʻrnatiladi, ikki tomonga chigʻiriq va argʻimchoq, sal pastroqqa "quloqchoʻp" bogʻlab qoʻyiladi, qurilma tepasiga "gumbaz" ishlanadi. D. balandligi 40 m gacha boʻlgan va yon arqonlarni 20—30 tomoshabin beliga bogʻlab tortib turgan. Hozir D. bir-biriga ulangan tros ("arqon")dan tortiladi, dorbozning oyogʻi sirgʻanmasligi uchun bint yoki izolenta b-n oʻraladi. Hozir dor balandligi 12–15 m boʻladi. Baʼzida D. b-n yonma-yon simdor kuriladi; yana q. Dorbozlik; 2) osib oʻldirishga hukm etilgan jinoyatchilar uchun qurilgan maxsus qurilma. Ogʻir jazo sifatida Sharq mamlakatlarida qadimdan maʼlum; 3) yuvilgan kiyim-kechakni quritish, uy jihozlari, kiyimlarni shamollatish uchun tortilgan arqon; 4) kelinning uyiga kelin-kuyov sepini namoyish qilish uchun tortiladigan moslama.

Havolalar



Доор: Циркке келгиле!

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz