Doquz xotun




Doquz Xotun (Dokuz Xotun) – 13-asrda yashagan kerayitlarning malikasi boʻlib, Ilxoniylar davlati asoschisi Xulagu xonga turmushga chiqqan.

Hayot



Doquz Xotun Kerayitlar xoni Toʻgʻrulning nevarasi boʻlgan. Avvaliga bobosi vafotidan keyin u Toluiga erga berildi. 1232-yilda birinchi erining vafotidan keyin Hulaguga turmushga chiqdi. U Hulaguga yurishlarda hamroh boʻlgan. Bagʻdod qamalida (1258) moʻgʻullar oʻn minglab aholini qirgʻin qildilar, ammo Doʻquzning xoxishiga koʻra nasroniylarga shavqat qilind. Doʻquz Xotun nasroniy boʻlgan va koʻpincha xristian dinining buyuk himoyachisi sifatida tilga olinadi.
Doquz Xotun oʻgay oʻgʻli Abakaning tarafdori boʻlgan va eri vafotidan keyin ham oʻzining nufuzli mavqeini saqlab qolgan.. Eridan 4 oy oʻtib vafot etgan. Nomaʼlum manbalarga koʻra Shamsiddin Juvayniy tomonidan zaxarlangan va shu sababdan vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz