DO’PPIDO’ZLIK



DO’PPIDO’ZLIK — do’ppi tikish kasbi; badiiy hunarmandlikning keng tarqalgan sohasi. Do’ppi Baxmal, sidirg’a shoyi, satindan bichilib, ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikiladi. Kashta tikib bezatilgan bo’laklar (tepa, kizak) ga astar yopishtirilib mayda nozik chokda qaviladi, qaviklar orasiga paxta yoki qog’ozdan pilta uriladi. So’ng tayyor bo’laklar bir-biriga ulanadi, kizak atrofi jiyak (tasma) bilan hoshiyalanadi. Yelimlangan do’ppilar taxtakachga qo’yiladi. Tayyor bo’lgan do’ppi bichimiga qarab murabba, konussimon (dumaloq) shaklga ega bo’ladi. Do’ppido’zlik bilan asosan ayollar, qisman erkaklar ham shug’ullanadi. 20-asr 20-yillaridan hunarmand ustalar artellarga birlashtirildi, keyinchalik fabrikalarda mehnat qila boshladilar. Do’ppido’zlik hochir Buxoro (“zardo’z” aktsiyadorlik jamiyati), Toshkent (“Sharq guli” LTD), Chust va boshqa korxonalarda, qisman xonadonlarda davom ettirilmoqda. Sayyora Mahkamova.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz