DOPLER EFFEKTI, Dopler hodisasi — to’lqinlar manbai ularni qabul qiluvchi vositaga nisbatan harakatlanayotganda to’lqin tebranishlar chastotasining o’zgarishi. Birinchi bo’lib Avstriya fizigi va astronomi X. Dopler aniqlagan (1842). Barcha to’lqinlar (yorug’lik, tovush va boshqalar) ga xos. Manba va qabul qilgich o’zaro yaqinlashganda chastota ortadi, uzoqlashganda kamayadi. Masalan, yaqinlashayotgan parovoz qichqirig’i balandroq, uzoqlashganiniki pastroqdek tuyuladi. Radiolokatsiya va gidrolokatsiya, Yer sun’iy yo’ldoshlarini kuzatish va boshqa sohalarda Dopler effekti hisobga olinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish