DOPING



DOPING (inglizcha doping, dope — narkotiklar bermoq) — organizmning ruhiy va jismoniy faoliyatini qisqa muddat kuchaytiradigan moddalar. Sport o’yinlari natijalarini yaxshilash maqsadida qo’llanilgan. Sportchilar orasida Dopingdan zaharlanish va o’lim holatlari kuzatilganligi uchun 1967 yildan xalqaro Olimpiada qo’mitasi sport o’yinlari chog’ida Doping qabul qilishni man etgan va qat’iy nazorat o’rnatgan. Doping ishlatgan sportchilar o’yindan chetlashtiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz