DONXO’R QO’NG’IZLAR (Bruchidae) – o’simlikxo’r qo’ng’izlar oilasi. 1200 ga yaqin turi bor. Bargxo’r qo’ng’izlar oilasiga yaqin turadi. Tanasi uzunligi 5 millimetrdan ortiq. Yaxshi uchadi. Tuxumdan endigina chiqqan lichinkalarining uch juft oyog’i bo’lib, ular keyinchalik yo’qolib ketadi. Ular, asosan, dukkaklilar urug’ida, ba’zan Pechakguldoshlar, soyabondoshlar va boshqa o’simliklar urug’ida rivojlanadi. No’xat, loviya Donxo’r qo’ng’izlarlari, Xitoy Donxo’r qo’ng’izlar, to’rt nuqtali Donxo’r qo’ng’izlar. O’zbekistonda tashqi karantin ob’yekti hisoblanadi. Donxo’r qo’ng’izlar o’simliklar urug’i bilan osongina tarqaladi. Bir qancha turi (masalan, loviyaxo’r, no’xatxo’r va boshqalar) dukkakli o’simliklar urug’ini zararlaydi. Donxo’r qo’ng’izlar tuxumini dukkaklilar guliga yoki qo’zog’iga qo’yadi, qurtlari qo’zoq qobig’ini kemirib, urug’i ichiga kirib oladi. Urug’ichida qurtlari barcha rivojlanish davrlarini o’taydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish