Donorlik faoliyati




Donorlik bu fidoiylikdir. Tibbiyot tilida aytganda donorlik bir organizm- „donor“dan qabul qiluvchi organizm „retsipient“ ga toʻqimaning bir qismi, masalan qon, organ qismini koʻchirib oʻtkazishdir. Hozirgi kunda donorlik tibbiyotning rivojlangan yoʻnalishlari qatoridan joy olmoqda. Donorlik aslida insoniylik naʼmunalaridandir. Davlat tomonidan doimo donorlar roʻyxatida turadigan sogʻlom kishilar ogʻir kasalliklarga chalingan bemorlarning misoli „najot farishtasi“dir.

Davlar tomonidan donorlar uchun huquq va imtiyozlar tayinlagan boʻlib, bu orqali donorlar har yili tibbiy koʻriklar orqali oʻz sogʻliqlarini nazorat qilib turishadi.

Donorlarga berilgan vakolatlar




Donorlik huquqlari




Bunda qon topshirgan kun va bemor hohlagan boshqa biror kun dam olish kuni sifatida yozib beriladi.


Donor boʻlish shartlari



Donorlik faoliyati ixtiyoriy boʻlib, 18 yoshdan 60 yoshgacha, vazni 50 kg dan ortiq boʻlgan shaxslar donor boʻlishi mumkin. Donorlik donor boʻlgan shaxs uchun bir qancha avzalliklarga ega. Donor shaxs har yilda 13 turdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda organizmdagi yashirin, nasliy kasalliklar, oʻsmalar yoki endi rivojlanib borayotgan, insonning oʻzida hech qanaqa belgi bermaydigan ichki immun tizim, endokrin tizim kasalliklari aniqlanadi. Kasalliklarni vaqtida aniqlash esa tez va samarali davo choralari koʻrish garovidir.

Qon topshirish mezonlari



Har bir shaxs bir yilda 4 marta qon topshirishi mumkin va ikki qon topshirish oraligʻi kamida 2 oyni tashkil qilish kerak. Qon topshirish jarayoni davomiyligi 45 daqiqani tashkil qiladi. Bundan donordan kamida 450 ml qon olinadi. Donor qon topshirgandan soʻng biroz dam olishi, yahna ichimliklar, shirinliklar isteʼmol qilishi tavsiya etiladi. Qon topshirish, donorlik qilish barcha uchun ixtiyoriy ekanligini taʼkidlagan holda, donorlik qiluvchilar bemor odamlar hayoti uchun ham, oʻzlari uchun ham maʼsul hisoblanishadi. Ular oʻzlarini sogʻlom tutishlari, turli kasalliklardan saqlanishlari, toʻgʻri ovqatlanishlari tavsiya etiladi.


Begʻaraz donorlik



Donorlik vaziyatdan kelib chiqqan holda turli toifalarga boʻlinadi. Ulardan biri begʻaraz donorlik. Ular oʻzlari iqtiyoriy ravishda qon topshirishadi va evaziya hech nima talab qilishmaydi. Bunday donorlar koʻplab bemorlarga umid va salomatlik ulashishadi. Doimiy, begʻaraz ravishda donorlik qilib kelayotganlar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 2014- yil 23- iyulda tashkil qilingan „Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Donorlikda hushyorlik



Donorlik sharafli faoliyat boʻlishi bilan birga extiyotkorlik talab qilinadigan soha. Chunki, bu sohada qon orqali yuqadigan kasalliklar koʻplab topiladi. OITV, OITS infeksiyalari, B va C gepatit turlari va boshqa kasalliklar qon orqali yuqishi aniqlangan. Donor kishi tish shifokoriga yoki qon topshirishga borganda shifokorga donor ekanligini eslatishi lozim. Jahonga mashhur tabib Abu Ali ibn Sino ham oʻzining tib qonunlari asarida qon quyishning foydalari va u orqali kasallikni davolash haqida aytib oʻtganlar. Abu Ali ibn Sino haddan tashqari koʻp qon chiqazish foydasiz va zararli ekanligini taʼkidlagan.

Manbalar



1.Jonli efir. „Donorlik oliyjanoblik naʼmunasidir“. TARAQQIYOT_TV

2. Donorlik haqida. Avicenna.uz sayti

3. Abu Ali ibn Sino „tib qonunlari“ asari

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz