Donor




Donor (lot. dono — hadya qilaman, bagʻishlayman) — bemor (retsipiyent) ga kuyish uchun qonini, koʻchirib oʻtkazish uchun koʻmik, teri yoki biror aʼzosini beruvchi kishi. Qon berish boʻyicha D.lik koʻproq tarqalgan. D.lik — ixtiyoriy hisoblanadi. Hoz. boshqa mamlakatlardagi kabi Oʻzbekistonda ham asosan qon oʻrniga uning komponentlari — eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar konsentratlari, plazma va preparatlari ishlatiladi. Shuning uchun D.likka qoni bemorga irsiyat boʻyicha mos keladigan, qavmqarin-doshlarda qon preparatlariga boʻlgan ehtiyojni qoplash uchun esa ixtiyoriy (badalsiz) kon beruvchi barcha sogʻlom kishilar jalb etiladi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz