Donnie Darko




Donnie Darko 2001-yilda omma eʼtiboriga havola etilgan psixologik triller/ilmiy-taxayyuliy filmdir. Ssenariy muallifi va rejissor — Richard Kelly. Filmda vaqt sayohati, taqdir, ekzistensializm, sevgi, qoʻrquv mavzulari koʻtarilgan.

Mazmuni



Film Donnie Darko ismli oʻspirin haqida hikoya qiladi. Shizofreniyaga duchor va ruhshunos nazoratida boʻlmish Donniening xayoliy doʻsti Frank unga 28 kundan soʻng qiyomat boʻlishini aytadi. Frankning aytganlarini bajarishi oqibatida Donnie qiyomat (aslida vaqt tuynugi ochilishi)ga olib boruvchi voqealar zanjirini boshlab yuboradi.

Rollarda




Film baholanishi



Donnie Darko 2001-yili Kataloniya kinofestivalida "Eng yaxshi ssenariy" mukofotini olgan. Bosh rolni oʻynagan Jake Gyllenhaal esa Independent Spirit Awards tomonidan "Eng yaxshi erkak aktyor" nomiga loyiq koʻrilgan (2002-yil). 2005-yili Avstraliyaning ABC telekanali oʻtkazgan "Eng yoqtirgan filmim" tanlovida Donnie Darko beshinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz