Donna Striklend




Категория:Персоналии по алфавиту
Категория:Учёные по алфавиту
Donna Striklend (inglizcha: Donna Strickland,1959-yil 27-may Ontario, Kanada) - kanadalik fizik, lazer fizikasi va chiziqli bo'lmagan optika sohasida ishlaydi. Jerar Muru bilan birgalikda u chiroqli impulslarning kuchayishiusulini ixtiro qildi. Fizika boʻyicha 2018-yilgi Nobel mukofoti sovrindori.

London Qirollik jamiyati a'zosi(2020), AQSh Milliy Fanlar akademiyasining xorijiy a'zosi(2020).

Biografiyasi



U 1981-yilda Makmaster universitetini muhandislik fizikasi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1989-yilda Rochester universitetida fizika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi, uning ilmiy rahbari professor Jerar Muru edi. Donna Striklend chiroqli impulslarning kuchayishini, soʻngra ularning siqilishinioʻrganib chiqdi, bu esa ultraqisqa impulslarni misli koʻrilmagan darajaga oshirish imkonini berdi. 1988—1991-yillarda Kanada Milliy tadqiqot kengashida ilmiy xodim boʻlgan. U Vaterlou universitetida ishlaydi (mukofot olish vaqtida u dotsent edi). Chiziqli bo'lmagan optika tadqiqotlari uchun yuqori intensiv lazer tizimlarini ishlab chiqadigan "Lazer" tadqiqot guruhiga rahbarlik qiladi. Sloan stipendiyasi (1998)sohibasi. Saylanma a'zo (2008), vitse-prezident (2011), Optika jamiyati prezidenti (2013)bo`lgan. Fizika bo'yicha Nobel mukofotini qolga kiritgan (2018) (1/4 mukofot).

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz