Doniyorov Toshpoʻlat




Toshpoʻlat Doniyorov (1892 — Toshkent — 1953) — oʻzbek xalq qoʻgʻirchoqbozi, yangi shakldagi davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkilotchilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). "Chodir xayol" qoʻgʻirchoq teatrining mohir ijrochisi boʻlgan. Qad. qoʻgʻirchoq oʻyinlari anʼanalaridan mohirona foydalangan va ularni targʻib qilgan. 1928-yil Toshkentda ish boshlagan Rus yo’sh tomoshabinlar teatri qoshida H. Abdullayev, M. Soliyev, A. Halimtoyev va b.dan iborat oʻzbek qoʻgʻirchoqbozlari truppasini tashkil etgan. Sahnalashtirgan "Saltanat" (S. Abdulla) spektakli bilan Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek sanʼati dekadasi (1937)da qatnashgan. Qoʻgʻirchoq konsertlarida ishtirok etgan. D. yogʻochdan, keyinroqlatta va qogʻozdan qahramonlar harakteriga mos qoʻgʻirchoqlar yasagan. 3. Ishoqova, A. Saydaliyev, N. Zayniddinov, M. Rahmatullayeva va b. D.ning shogirdlaridir.

Adabiyot




Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz