Doniyor A'zamov
Doniyor Aʼzamov (1981-yil 7-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek kinokompozitori va prodyuseri.
Hayoti
Aʼzamov Doniyor 1981-yil 7-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Doniyor Aʼzamov 2001-yilda oʻrta maktabni tugatib Oʻzbekiston konservatoriyasiga ovoz rejessiyorligi boʻyicha oʻqishga kirgan va 2008-yilda u yerni tugatib Uspenskiy nomidagi musiqa kollejida oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan. 2005-yildan buyon Oʻzbekiston konservatoriyasida ishlab kelmoqda va hozirda yosh isteʼdod egalariga ovoz rejessiyorligi sohasidan saboq bermoqda.
Faoliyati
Bastakorlik faoliyati Aʼzamov ijodiy faoliyatini 2000-yillarda boshlagan. Shu kungacha 300 dan ortiq filmlarga musiqa yozgan, ijodiy faoliyatining boshida bastakor, keyinroq esa kino prodyuseri sifatida ishlagan. 2002-yilda Muhabbat sinovlari filmida bastakor sifatida ishlagan. Bastakor ushbu film uchun yozgan saundtrek va musiqa filmni tubdan oʻzgacha koʻrinish yaratgan. Aʼzamov 2004-yilda Sevgi sinovlari 2 filmida ham oʻz mahoratini koʻrsatganligi tufayli filmning musiqasi va saundtreki oʻsha yilning eng yaxshi musiqasi va saundtreki deb topilgan.
Aʼzamov 2016-yilgi Baron filmi uchun ham saundtrek ishlagan. U har bir bosh qahramon uchun musiqa bastalagan va bosh qahramonlarning shaxsiyatiga qarab musiqa yozgan. Bu Aʼzamov ijodidagi eng murakkab saundtreklar va musiqalardan biri boʻlgan. 2020-yilda rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan Ilhaq filmi musiqasi ustida ham ishlagan. Ilhaq Ikkinchi jahon urushi haqidagi film boʻlgani uchun u oʻsha davrdagi vaziyatni oʻz filmlarida aks ettira olgan. Ilhaq bir qancha festivallarda yuqori mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan, Belorussiyadagi Listopad va Turkiyadagi Korkut ATA kinofestivallari gʻolibi boʻlgan. Oʻzbekistonda Oltin humo mukofotini topshirish marosimida Ilhaq filmi yilning eng yaxshi filmi deb topilgan.
Prodyurserlik faoliyati Aʼzamov bastakorlik faoliyatidan tashqari kino loyihalarda prodyuser sifatida ham ishtirok etgan. Aʼzamov 50 dan ortiq filmlarda prodyuser sifatida qatnashgan. Shulardan Tilim qursin 2 va boshqa bir qancha festivallarda gʻolib boʻlgan Faridaning ikki ming qo‘shig‘i filmida prodyuser va bastakor ham boʻlgan. Shuningdek, u Markaziy Osiyodan Oskarga[12] nomzod boʻlgan kam sonli shaxslardan biri hisoblanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org