Doniyol otaliq madrasasi




Doniyol otaliq madrasasi (Doniyolbiy madrasasi)  — meʼmoriy yodgorlik. Oʻzbek hukmdori Muhammad Doniyolbiy otaliq donatorligida 1770-yillarda bunyod etilgan bir qavatli madrasa. Manbalarda qorixona deb ham nomlangan. Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hududida Mozori sharif oliy madrasasidan keyin bunyod etilgan ikkinchi madrasa edi.

Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻi, Bahouddin Naqshband majmuasida joylashgan. Doniyol otaliq madrasasi bizgacha bus butun holda yetib kelgan boʻlib, Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga «Madrasa (Bahouddin Naqshband majmuasi)» nomi ostida kiritilgan — davlat himoyasiga olingan.

Hozirda muzeybop qilib qurilmagan ushbu madrasada, ilgarigi binosi arzimas vajlar bilan buzib tashlangan va qayta tashkil etilgan, Naqshbandiya tariqati muzeyi faoliyat yurutib kelmoqda.

Arxiteturasi



Pishiq gʻishtdan bir qavatli qilib qurilgan Doniyol otaliq madrasasi bizgacha bus butun holda yetib kelgan. Madrasaning ichkari hovlisi 8 burchakli boʻlib, 10 ga yaqin aylanma hujralardan tashkil topgan. Madrasaga gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi va miyonsaroy zinalari orqali uning tepa qismiga koʻtarilish mumkin. Madrasa eshiklari tor va 2 tabaqali, pastak qilib qurilgan. Sharq madaniyati anʼanalariga binoan hujra eshiklariga talaba kelgach, boshini egib, taʼzim holatida kirishi kerak. Bu avvalo ustozga, ilm dargohi — madrasaga hurmat boʻlsa, ikkinchidan shogirdlarga hamisha axloqning ilk belgisi salomni eslatib turgan.

Naqshbandiya tariqati muzeyi



Naqshbandiya tariqati muzeyi — dastavval Bahouddin Naqshbandning 675-yilligi munosabati bilan 1993-yilda Buxoro muzey-qoʻriqxonasi tarkibida Bahouddin Naqshband majmuasida muzey va Naqshbandiya tariqati kutubxonasi uchun maxsus barpo etilgan va juda katta mablagʻ evaziga qad rostlagan binoda tashkil etilgan. Keyinchalik muzey va kutubxona binosi arzimas vajlar bilan buzib tashlangan. 200 ga yaqin muzey eksponatlari muzeybop qilib qurilmagan Doniyolbiy otaliq madrasasiga koʻchirilib, shu yerda muzey koʻrgazmasi qayta tashkil etilgan. Naqshbandiya tariqati kutubxonasi esa boshpanasiz qolgan.

Muzeyning mashhur eksponatlari




Manbalar




Havolalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz