Donishmandchaxon




Donishmandchaxon - Chigʻatoy ulusi hukmdorlaridan biri. Chingizxonning uchinchi farzandi Oʻqtoyxonnmng oltinchi pushti hisoblanadi. Amir Qazagʻon (hukmronlik yillari 1346—58) Qozon Sultonxonni qatl (1346) etib, D.ni xon deb eʼlon qiladi va uning nomi bilan tanga zarb ettiradi. D. Mova-rounnaxr xoni sanalsada, aslida davlat ishlarini Qazagʻonning oʻzi boshqargan. Ulugʻbeknit taʼkidlashicha, D. Chigʻatoyxon avlodidan boʻlmaganligi bois amir Qazagʻon tomonidan oʻldirilgan (1348). Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, D.ning oʻgʻli Suyurgʻatmishni xonlik shohsupasiga (1370—88) koʻtargan.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz