Doni Zokirov
Doni Zokirov (1914.28.12, Samarqand – 1985.26.11, Toshkent) – kompozitor, sozanda (gʻijjak), dirijyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Toshkent konservatoriyasining kompozitsiya sinfini (B. Nadejdinda) tugatgan (1953). 1930-yildan Samarqand viloyat musiqali drama teatri xalq cholgʻulari orkestrida gʻijjakchi, 1933-yildan musiqa rahbari. Oʻzbek davlat musi-qali teatrida sozanda (1936-37), Oʻzbek davlat filarmoniyasida xalq cholgʻulari orkestrining bosh sozandasi (1937—40), Muqimiy nomidagi teatrda (1940—47), Oʻzbek davlat filarmoniyasi ashula va raqs ansamblida (1953—57) badiiy rahbar. Oʻzbekiston televideniyesi va radiosi oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestrining dirijyori (1948—53), 1957-yildan bosh dirijyori va 1960-yildan badiiy rahbari (1989-yildan orkestr 3. nomida). Ijodi oʻzbek musiqa merosiga ohangdosh va usuldosh, lirikdramatik va epik obrazlarga boy. „Oynisa“ baleti (T. Litvinova librettosi, 1957, B. Giyenko bilan hamkorlikda), „Zaynab va Omon“ operasi, (Zulfiya, 1958, T. Sodiqov, Yu. Rajabiy, B. Zeydman bilan), „Dalada bayram“ musiqali komediyasi (Sh. Saʼ-dulla, 1954, S. Boboyev bilan), „Yoshlikda bergan koʻngil“ (3. Fatxullin, 1965), „Mening Jannatim“ (S. Abdulla, 1970, K. Jabborov bilan), „Shahzoda va yetim qiz“ musiqali dramalari, 2 ta simfonik (1947—50) va „Qarshi choʻli gullari“ (1972) vokalsimfonik syuitalari, „Davrim sadosi“ (B. Umidjonov bilan, 1970) kantatasi, „Hamza“ poemauvertyurasi, „Lirik poema“, „Koʻrmadim“, „Boʻlmasa“, „Ayb etmangiz“, „Urtanur“, „Ey, sabo“ (Navoiy gʻazallari) kabi romanslar, „Ona diyor“, „Koʻchalar“, „Beqiyos diyor“, „Samarqandim“ kabi qoʻshiqlar muallifi. „Amirlikning yemirilishi“, „Qutlugʻ qon“, „Ulugʻbek yulduzi“ kabi kino-filmlarga (hammasi M. Ziv bilan) musiqa yozgan. 3. oʻnlab xalq („Qaytarma“, „Sharob“, „Fargʻonacha“ kabi) va mumtoz („Choʻli Iroq“, „Yovvoyi Ushshoq“, „Nasrulloyi“, „Rajabiy“, „Navo“, „Savti Navo“ va boshqalar) kuylarni oʻzbek cholgʻu asboblari orkestri uchun yuksak darajada moslashtirgan. Shu bois, kompozitorning ijodiy uslubi ham oʻzbek musiqa merosi anʼanalarini badiiy ishonarli tarzda mujassam etgan.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org