DO’NG QUMLAR



DO’NG QUMLAR — o’simliklar bilan mustahkamlangan yoki chala mustahkamlangan aylana yoki uzunchoq shakldagi qum uyumlari. Do’ng qumlar sochiluvchan (“To’p qumlar”) va zichlangan qumlarga bo’linadi. Do’ng qumlar ayniqsa Markaziy Osiyo cho’llarida, ko’pincha chuchuk yoki sho’rtob yer osti suvlari 3 metrdan 5 metrgacha chuqurlikda bo’lgan joylarda vujudga keladi. O’rta Osiyoda Qizilqum, Qoraqum, Qoraqalpoq cho’lida ko’proq uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz