Dong Fang Xong 1
Dong Fang Hong 1 – Shuningdek,
Xitoy 1 yoki
XXR 1 nomi bilan ham tanilgan Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) birinchi kosmik sun'iy yo'ldoshi boʻlib, 1970 yil 24 aprelda muvaffaqiyatli uchirilgan. XXRning Dongfanghong kosmik sunʼiy yoʻldosh dasturi. Ushbu sunʼiy yoʻldosh 173 kg (381 lb) boʻlib, boshqa mamlakatlarning birinchi sunʼiy yoʻldoshlaridan ogʻirroq edi. Sunʼiy yoʻldoshda xuddi shu nomdagi oʻsha paytdagi milliy madhiyani eshittiruvchi radio uzatgich bor boʻlgan.
Ushbu sunʼiy yoʻldosh Xitoy Kosmik Texnologiyalar Akademiyasi (XKTA) dekani Qian Xuesen rahbarligida ishlab chiqilgan. Oʻsha paytda jami beshta bir xil sunʼiy yoʻldoshlar yaratilgan va shularning birinchisi muvaffaqiyatli uchirilgan. Sun Jiadong Dongfanghong 1 texnologiyasi uchun mas’ul shaxs etib tayinlangan. 1967-yilda Dang Hongxin mis antenna membranasini tanlashi 100 ga yaqin ultra qisqa toʻlqinli antennada eshittirishning qiyinchiliklarini hal qildi. Muhandislar sunʼiy yoʻldoshga „Sharq qizil“ musiqa pleyerini oʻrnatganlar.
Sunʼiy yoʻldoshning yer orbitasiga chiqishi
Dongfanghong 1 uchish maydoniga poezdda olib kelingan hamda har ikki elektr ustunlari orasiga qurolli qoʻriqchilar ushbu joyni himoya qilib turishgan. 1970-yil 24-aprelda 13:35:45 GMT da Long 1 Mart (CZ-1) „Jiuquan sunʼiy yoʻldoshini ishga tushirish markazi“dan koʻtarilib, GMT vaqti bilan 13:48 da orbitaga chiqgan.
Maqsadlari
Dong Fang Hong 1 sunʼiy yoʻldoshining asosiy maqsadi – sunʼiy yoʻldosh texnologiyasini sinovdan oʻtkazish va ionosfera va atmosferani qatlamlarini oʻrganish boʻlgan.
Sunʼiy yoʻldoshning dizayni
Sunʼiy yoʻldosh shakli 72 yuzli nosimmetrik poliedrga oʻxshab ketadi, massasi 173 kg (381 lb) teng va diametri taxminan 1 m (3 ft 3 in)ni tashqil qilgan. Stabillashtirish uchun daqiqasiga 120 marta aylanardi. Tashqi yuzasi haroratni nazorat qilish uchun qayta ishlangan alyuminiy qotishmasi bilan qoplangan. Sferaning asosiy korpusida kamida uzunligi 2 m (6 ft 7 in)lik ultra qisqa toʻlqinli qamchi antennalari mavjud edi.
Orbita
Sunʼiy yoʻldosh 441 km (274 mi) perigey bilan orbitaga chiqarilgan, apogey esa 2,286 km (1,420 mi)ga teng va 68,42° orbital moyillikni oʻzida mujassam etgan. Bu Yerga yaqin elliptik orbitaning aylanish davri 114,09 daqiqa. Uning „Sunʼiy Yoʻldosh Katalog Raqami“ 04382 va „Xalqaro Belgi“si 1970-034A.
Dong Fang Hong 1 dizayni 20 kun ichida tugallangan. Bu vaqt ichida u telemetriya maʼlumotlarini va kosmik koʻrsatkichlarni Yerga toʻgʻridan-toʻgʻri uzatgan. 1970-yil 14-mayda signal yuborishni toʻxtatgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org