DONG



DONG — Vetnam pul birligi. 1946 yildan Vetnam demokratik Respublikasida muomalaga kiritilgan. 1 Dong =10 Xao (1 Xao = 100 Su). 1955-78 yillarda Shimoliy Vetnam va Jan. Vetnamda alohida-alohida yangi Dong muomalada bo’ldi. 1978 yildan Vetnamning yagona pul birligiga aylandi. Xalqaro ifodasi VND. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari =15075,8 Dong (2002, yanvar).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz