Donald Trump
Donald John Trump (talaffuzi: Donald Jon Tramp; 14-iyun 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, tadbirkor, aktyor, teleboshlovchi, yozuvchi va jamoat arbobi boʻlib, 2017-yildan 2021-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini bajargandir. Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resorts kompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Trump oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Nomzod“ (inglizcha: The Apprentice) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Trump 1980-yillar oxirida paydo boʻldi.. Hozirda Trump 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi.
2010-yilda Trump ilk bor 2012-yildagi AQSh Prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi., biroq McCane Obamaga yutqazib qoʻygandi 2015-yil 16-iyun kuni u prezidentlikka yana nomzod boʻlishini eʼlon qildi. Donald Trump prezidentligi davrida koronavirus pandemiyasi oqibatida 700 million dollarga yaqin pul yoʻqotdi. Hozirda uning boyligi taxminan 2,3 milliard dollarni tashkil qiladi. Uning tijorat koʻchmas mulkdan tushgan daromadi 2016-yildan 2021-yilgacha 26 foizga, kurortlardan tushgan daromadi esa 2015-yildan 2020-yilgacha 42 foizga kamaygan. Sobiq prezident boyligining kamayishi bundan oldin ham qayd etilgan va 2020-yilda 600 million dollarga kamayib, 2,5 milliard dollarni tashkil etgan. Oʻshanda uning deyarli barcha aktivlari millionlab dollarga pastlagan.
Bolalik va yoshlik yillari
Donald Trumpning ota tomonidan bobosi Frederik Trump (Drumpf) asli nemis boʻlib, 1885-yilda AQSHga koʻchib kelgan va mamlakat fuqarosi boʻlgan. Otasi va onasi 1936-yilda turmush qurishgan. Donald Queensdagi maktablardan biriga borgan, lekin u yerda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelganligi tufayli, ota-onasi uni Nyu Yorkdagi Harbiy Akademiyaga oʻqishga yuborgan. U Akademiyaning bir qancha mukofotlariga sazovor boʻlgan, futbol va beysbol jamoalarida oʻynagan. 1964-yili beysboldagi muvaffaqiyatlari uchun u alohida mukofotga sazovor boʻlgan. Harbiy Akademiyadagi oʻqishning toʻrtinchi yilida Donald va uning safdoshi Jeff Donaldson kursantlar uchun alohida oʻquv kursi tashkil etadilar. Kursantlar mashqlar natijasida Nyu Yorkning Beshinchi koʻchasida marsh oʻtkazadilar. Donald keyinchalik Fordham Universitetida ikki yil oʻqiydi, keyinroq oʻqishni Pensilvaniya Universitetida davom ettiradi va uni 1968-yilda tugatadi.
Iqtisodchi diplomini olgach, oʻz otasiga qarashli boʻlgan, mamlakatdagi eng yirik uy-joy shirkati hisoblangan korxonaga ishga kiradi,.
Oʻzinig „Kelishuv sanʼati“ nomli kitobida Donald Trump talabalik yillari haqida shunday degan:
Harbiy akademiyani bitirganimdan keyin kinoshunos boʻlishni oʻyladim, biroq, uy-joy biznesi men uchun muhimroq ekanini sezdim. Umuman oʻqishga boʻlgan xohishim pasayib ketardi… keyinroq esa, Pensilvaniya Universitetining biznes maktabiga oʻqishga kirdim. Men bu yerda oʻqiyotganimdan xursand edim…
Faoliyati
1968-1989-yillar
Avvaliga u Brooklyn va Queensdagi oʻrta sinf uchun moʻljallangan uy-joy ijarasi bilan bogʻliq ishlarni qildi. Eng birinchi loyihalaridan biri 1200 kvartirali uy majmuasini sotib olib, toʻliq qayta taʼmirlab, ijaraga topshirish edi. Trump Organization bu ishni muvaffaqiyat bilan yakunladi va 6 million $ sof foyda oldi. 1971-yilda Donald Trump Manhattanga koʻchib oʻtdi. Bu yerda u shaharning iqtisodiy salohiyati yuqorligi, qurilish ishlarining shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaxshi tushunardi. Donald shahardagi bankrotlik tufayli faoliyat yuritmayotgan „Kommodor“ mehmoxonasining binosini taʼmirlash huquqini va buning natijasida Nyu York maʼmuriyati tomonidan 40 yillik soliq imtiyozini olganidan soʻng, eski mehmonxona oʻrnida Grand Hyatt mehmonxonasini barpo etadi. Donald „Jacob Javitz konfrens-markazi“ning qayta taʼmirlash huquqini Nyu York maʼmuriyatidan soʻragan va oʻz qurilish loyihasini taklif etgan, biroq bu loyiha maʼqullanmagan. Shunga oʻxshash holat Nyu Yorkning markaziy xiyobonidagi muz oʻyingohini qayta taʼmirlash jarayonida ham boʻlgan: Shahar maʼmuriyati taʼmirlash ishlarini 2.5 yilda tugatishni rejalagan, ammo u 6 yil deganda ham yakunlanmagan. Donald maʼmuriyatga ushbu oʻyingoh ishini oʻziga bepul topshirilishini, evaziga u oʻz hisobidan taʼmirlashni yakunlab berishni soʻragan. Maʼmuriyat esa, har doim rad javobini beravergan. Bu haqida ommaviy axborot vositalari tanqidiy maqola chiqargach, Donald taʼmirlash huquqini qoʻlga kiritgan. Donald taʼmirlash ishlarini 6 oy ichida yakunlagan va ajratilgan 3 million dollar mablagʻdan 750 ming dollarini tejab qolgan.
1989—1997-yillardagi iqtisodiy muammolari
1989-yilda Donald davlatdan olgan zayomlarini iqtisodiy inqiroz tufayli qoplay olmagan. U yangi loyihalaridan biri boʻlgan „Trump Taj Mahal“ majmuasining qurilishi uchun 1 milliard dollar zayomni obligatsiyalar koʻrinishida olgan edi. 1991-yilga kelib, Donaldning ortib borayotgan qarzlari hatto uning shaxsan bankrot boʻlishiga xavf soldi. Banklar, zarariga boʻlsa-da, Trumpning qarzlardan ozod qilinishini va sudning muqarrar jarimalaridan qutqarilishini taʼminlab berdilar. „Trump Taj Mahal“ 1991-yili qarzlardan ozod etildi, evaziga qarzni toʻlab bergan banklar majmua aksiyalarining 50 foiziga egalik qildilar. 1994-yilga kelib, 900 million $dan ortiq qarzlarini bartaraf etgan va bizesini saqlab qolgan.
1995-yilda Gaming Hall of Fame aʼzosi boʻldi.
1995-yilda hamma koʻngilochar komplekslarini birlashtirib, Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini tashkil qildi. 1996-yildayoq, kompaniya har bir aksiyasining Wall-streetdagi narxi $35 dan yuqori edi, biroq 1998-yilda aksiya narxi $10 dan ham tushib ketdi. 2004-yilda Trump Hotels & Casino Resorts qarzlar toʻliq qoplanganini eʼlon qildi. Shu yil noyabr oyida Trump kompaniya bosh direktori lavozimidan chetlandi, lekin boshqaruv raisi boʻlib qoldi.
1997—2007-yillar
Donald Trump bir nechta qurilish loyihalari bilan shugʻullana boshladi:
Jahon iqtisodiy inqirozi (2008—2012)
2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Chikagodagi majmua sotuvga chiqarilgan paytga toʻgʻri keldi va Trump Deutsche Bank ssudasini yopa olmadi. Trump sudga ariza berib, arizasida „iqtisodiy inqiroz — bu kutilmagan hol, bu haqida kelishuvda ham qayd etilgan“ deya taʼkidlagan. Deutsche Bank vakillari esa, „Trump muddati oʻtib ketgan qarz haqida xabardor, undan tashqari, ikki marta bankrotlik tufayli bankdan yordam olgan“ deganlar.
2009-yil 17-fevralda Trump Entertainment Resorts rahbariyat kengashi bankrotlik haqida qaror chiqardi va Donaldni kengash raisligidan chiqarib yubordi.
Shaxsiy binolari
2011-yilda „Forbes“ jurnali Donald Trump boyligini 2.9 milliard dollarga baholadi, ammo 2015-yildagi matbuot anjumanlaridan birida u boyligining 10 milliard dollardan ham ortiq ekanini aytgan.
Qurilishi tugatilgan uy-joylari
Litsenziyalangan binolari
Koʻpchilik qurilish kompaniyalari Donald Trumpdan ular qurayotgan binoni reklama qilib berishni soʻraydilar. Shu sababdan, Trump nomi yozilgan binolarning aksariyati uning oʻziga qarashli emas. „Forbes“ bergan maʼlumotga koʻra, qurilishi kutilayotgan yana 33 ta loyiha bor, ularning ichiga 7 ta mehmonxona ham kiradi.
OAVda
Donald Trump seriallar, komediyalar, multfilmlarning dublyajlarida ovoz bergan, bir qancha rollarni ijro etgan, telekoʻrsatuvlarda qatnashgan. Ikki marta Emmy mukofoti sohibi boʻlgan.
2003-yili Trump NBC telekanalidagi „Nomzod“ deb nomlangan teleshouning ijrochi produseri va boshlovchisi boʻldi. Bu shouning mazmuni shunday: qatnashchilar Trump kompaniyalarining biriga ishga kirish uchun kurash olib boradilar, magʻlub boʻlganlar oʻyindan chiqariladi va Trump ularga „Siz boʻshatildingiz!“ (inglizcha: Youʼre fired!) deydi. Bu soʻzlar juda mashhur boʻlib ketadi. 2004-yili Trump ushbu iborani savdo belgisiga aylantirgan.
2007-yili Donald Trump ismi Hollywooddagi „Yulduzlar yoʻlkasi“ga yozildi.
Shu yili Trump AQSH Prezidenti Bushni Iroqda urush olib borayotganligi uchun keskin qoraladi.
”Iroqdagi urushda koʻp qon toʻkilishini istaganlardan hech biri AQSh Prezidenti saylovida gʻalaba qilolmaydi”
— degan u.
Shuningdek, u Hillary Clinton yoki Rudolph Giuliani AQSh prezidentligiga nomzod boʻladigan taqdirda, ikkisini ham qoʻllashi mumkinligini aytgan. Trump aktrisa Angelina Jolieni „birinchi raqamli goʻzal aktrisa“ sifatida tan olmagan.
AQSh Prezidentligiga nomzod sifatida
2015-yili Trump AQSh Respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod boʻlishini eʼlon qildi. Saylovoldi kampaniyasida Trump AQSH Prezidenti etib saylangan taqdirida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan doʻstlashish siyosatini olib borajagini ham aytgan.
Shaxsiy sayti
Donald Trump oʻz veb-saytini ishga tushirdi. sayt „45office.com“ deb nomlangan boʻlib, hozircha uchta sahifaga ega. Ulardan biri Donald va Melaniya Trampning tarjimai holi va AQSHning 45-prezidenti hamda birinchi xonimi sifatida erishgan yutuqlariga bagʻishlangan. Bosh sahifa orqali amerikaliklarga Trump bilan oʻz fikrlarini boʻlishish imkoni yaratilgan. Buning uchun foydalanuvchilardan shaxsiy aloqa maʼlumotlari kiritiladigan soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi. Shuningdek, sobiq prezidentlik juftligiga har qanday ommaviy tadbirga taklifnoma yuborish imkoni ham mavjud. Uchinchi sahifa esa matbuot soʻrovlari uchun ajratilgan.
Qayd etilishicha, veb-sayt dizaynida sobiq prezidentning oʻz tarafdorlari bilan ommaviy yozishmalar olib borishi uchun alohida sahifa yaratilmagan.
Boshqa biznes tarmoqlari
„Dunyo goʻzali“ xalqaro tanlovini olib boruvchi Miss Universe Organization tashkiloti hamda „NBC“ telekanali ham aynan Donald Trumpga qarashlidir.
Donald Trump, shuningdek, oʻzining shaxsiy kiyim-kechak brendiga ham ega (erkaklar kiyimlari, soatlari, atir va b.). Trump nomi bilan ataluvchi aroq, kokteyl, gazli suv ham ishlab chiqarilmoqda. Donald Trump Learning Annex maktabida ham dars beradi, bir soatli maʼruzasi uchun 1.5 million dollar ish haqi oladi.
Golf maydonlari
2008-yilning iyunida Trump Aberdin shahar kengashi majlisida qatnashadi. Unda Trump 1 milliard £ mablagʻ sarflab, shaharning shimoliy qismida golf klubi qurishni taklif etadi. Kengash Trumpning bu taklifini maʼqullagan, ammo qurilishga huquqbonlar, geologlar va olimlar qarshi chiqadilar. Bunga sabab, golf maydoni arxeologik ahamiyatga ega yerlarga qurilishi moʻljallangan edi.
Vitaminlari
2009-yili Trump vitaminlar ishlab chiqaruvchi „Trump Network“ shirkatga asos soladi. Shirkat bir necha turdagi vitaminlar ishlab chiqaradi.
AQSh Prezidenti
Xorijiy davlatlarga tashriflar
Quyida Donald Trumpning AQSh Prezidenti sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan.
Shaxsiy hayoti
Oilasi
Donaldning ikki ukasi (Robert va David) va ikki singlisi (Mary va Elizabeth) bor. Singlisi Mary — yurist.
1977-yili Trump 28 yashar Ivana Zelnichkovaga uylangan. Ularning uchta farzandi bor: Donald Trump-kichik, Ivana va Erik. 1992-yili er-xotin ajrashib ketishgan. 1993-yili Trump 29 yashar Marla Maplesga uylangan. Bu nikohdan Tiffany ismli qizi bor. 1999-yilda er-xotin ajrashishgan. Donald xotinlari haqida shunday degan:
«Meni oʻylashimcha, Ivana va Marla meni birday sevgan, men esa, oʻz ishimni sevaman»
2004-yildan beri Donald sloveniyalik Melania Trump (talaffuzi: Melaniya Tramp) bilan nikohda. Ularning Barron ismli oʻgʻli bor.
2013-yilga kelib, Donald yettita nabirali boʻlgan: ulardan beshtasi kichik Donaldning bolalari (Kai Madison, Donald John, Tristan Milos, Spencer Frederick va Chloe Sophia); ikkitasi Ivankaning (Arabella Rose va Joseph Frederick) bolalaridir.
Donald nasroniylik dinining protestantlik oqimiga eʼtiqod qiladi. Bu haqida uning oʻzi shunday degan: „Fikrimcha din bu chiroyli narsa. Mening dinim — nasroniylik esa chiroyli din“.
Oilaviy shajarasi
Qiziqishlari
Donald golf oʻyiniga nihoyatda qiziqadi.
AQShda va dunyoning boshqa mamlakatlarida uning shaxsiy golf klublari bor.
Kitoblari
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org