DONADOR OZUQA (chorvachilikda) — aralash yem, o’t uni va boshqalardan qattiq g’o’lak ko’rinishida tayyorlanadigan ozuqalar aralashmasi. Yumaloq, tsilindrsimon, kub shaklida, o’lchamlari (ko’ndalang kesimi) 1 millimetrdan 25 millimetrgacha bo’ladi. Donador ozuqada oziq va mineral moddalar, vitaminlar yaxshi saqlanadi, tashish va fermalarda mollarga berish qulay. Bunday ozuqalarni mollar yaxshi yeydi va ular oson hazm bo’ladi. Donador ozuqa maxsus donadorlash mashinalarida tayyorlanadi. Donador ozuqa g’alla omborlari va minoralarida saqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish