Dona shoʻra




Dona shoʻra (Gamanthus gamocarpus (Mog.) Bge.) — shoʻradoshlar (shoʻragullilar oilasi)ga mansub bir yillik oʻt. Poyasi ingichka, sershox, barglari silindrsimon, etli, poyadagilari ketma-ket joylashgan, gul oldi barglari qaramaqarshi oʻrnashgan, tubi esa birbiri bilan birikib ketgan. Har bir barg qoʻltigʻida bittadan gul yetishadi. D. sh. may oyida gullab, avg.da urugʻ beradi. D. asosan taqir yerlarda, shoʻrxok tuproqda, qumlarda va gil tuproqlarda oʻsadi. Kuz va qishda qoʻy hamda tuyalar uchun yaxshi ozuqa.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz