DONA SHO’RA [Gamanthus gamocarpus (Mog.) Bge.] — sho’radoshlar (sho’ragullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’t. Poyasi ingichka, sershox, barglari tsilindrsimon, etli, poyadagilari ketma-ket joylashgan, gul oldi barglari qaramaqarshi o’rnashgan, tubi esa bir-biri bilan birikib ketgan. Har bir barg qo’ltig’ida bittadan gul yetishadi. Dona sho’ra may oyida gullab, avgustda urug’ beradi. Dona sho’ra asosan taqir yerlarda, sho’rxok tuproqda, qumlarda va gil tuproqlarda o’sadi. Kuz va qishda qo’y hamda tuyalar uchun yaxshi ozuqa.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish