DONA GUL



DONA GUL — Qorako’l terisi gulining bir turi. Shakli loviyaga o’xshashligidan loviya gul deb ham ataladi. Dona gul huddi qalami gullilari kabi yopiq, jingalak uchlari gul tagiga deyarli buralib kirgan. Bunday Qorako’l terilari qimmati jihatdan qalami gullilardan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. To’liq jingalaklangan chiroyli gullilari sof zot qorako’l qo’ylari uchun xos belgidir. Dona gul qisqa, eniga nisbatan 1,5—2 marta uzunroq (uzunligi 8-13 millimetr). Dona gulning uzunligi, katta-kichikligi teri sifatini belgilaydi. Dona gullari mayda terilar — Fler va kirpuk navga; Dona gullari o’rtacha terilar — yupqa jaket; kattalari — qalin jaket navga kiradi. Bulardan ikkinchisi qimmatli hisoblanadi. Dona gullar, asosan, terining yonbosh va son qismida, qarchig’ayida, to’la sag’ri va orqa cho’qqi qismida kam shakllangan bo’ladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz