DON JUAN



DON JUAN, don Xuan (Don Juan) -o’rta asrlarda Yevropada yaratilgan ko’pgina adabiyot va san’at asarlarining qahramoni; maishatboz, axloqiy va diniy me’yorlarni buzuvchi, hayotini aysh-ishratga bag’ishlagan ritsar obrazi. Uning birinchi badiiy talqinini ispan dramaturgi Tirso de Molinaning “Seviliyalik sho’x bola yoki tosh mehmon” (1630) pyesasida kuzatish mumkin. Undagi Don Juan ayollarni yo’ldan urishga ustasifarang, shahvatparast shaxs. Bu obraz ijtimoiy jihatdan g’oyat tipik bo’lganidan ko’pgina yozuvchilar, musiqachilar, rassomlarning e’tiborini tortgan. Frantsuz dramaturgi Moler ham Don Juan xaqidagi xalq afsonalarini qayta ishlab, “don Juan” realistik komediyasini (1665) yaratdi. Don Juan obraziga 19-asrdagi romantik yozuvchilar E.T.A. Gofman, A. Myusse, ingliz shoiri J. Bayron, rus shoiri A. S. Pushkin va boshqalar ham murojaat qilishgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz