DOMRA
DOMRA — rus xalq torli tirnama sozi. Olimlarning taxminlariga ko’ra, turkiy xalqlarning do’mbira cholg’usi negizida paydo bo’lgan. Kvarta yoki kvinta bo’yicha sozlanadi. Ovozi yoqimli, diapazoni 2,5 oktava. Qadimgi turi 16-17-asrlarda skomorox (masxaraboz) lar o’rtasida keng tarqalgan. 1896-1908 yillari qayta ishlanib, 3 va 4 torli Domralari rus xalq cholg’ulari orkestri hamda turli ansambllar tarkibiga kiritilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz