DOMKRAT (gollandcha dommekracht) — og’ir yuklarni vaqtinchalik ko’tarib beradigan mexanizm. Harakatlanish tarziga ko’ra reykali, vintli, gidravlik va pnevmatik xillarga bo’linadi. Domkrat ixchamligi, massasining kichikligi, ko’tarish tezligining kamligi (0,01—0,25 metr/minut) va ko’tarish balandligi (0,15—1 metr) bilan ifodalanadi. Maxsus ishlarga mo’ljallangan Domkrat bir necha yuz tonnagacha yukni bir necha metr balandlikkacha ko’tara oladi. Domkrat mashinalarning g’ildiragini almashtirishda, ta’mirlash, yuk ortish-tushirish ishlarida qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish