DOMENLAR



DOMENLAR (Fransuzcha domaine — bu yerda sohalar, qismlar) — magnit, elektr yoki elastiklik xossalari bilan yoxud zarralarning tartibli joylashganligi yoki elastiklik xossalari bilan yoxud zarralarning tartibli joylashganligi yoki yo’nalganligi bilan bir-biridan farqlanuvchi bir jinsli muhit sohalari. Ferromagnit va antiferromagnit Domenlar, segnetoelektr Domenlar, Gann Domenlari, elastik Domenlar, suyuq kristallardagi Domenlar va boshqa xillari mavjud. Ferromagnetiklarning spontan magnitlanganligi (atomlar magnit momentlarining parallel yo’nalganligi) sohasi (o’lchami 10~santimetr— 10~2 santimetr) — ferromagnit Domenlarni, segnetoelektriklarning spontan magnitlanganligi sohasi (o’lchami 10~5 — 10~3santimetr) — segnetoelektr Domenlarni hosil qiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz