Do‘mbrobod qabristoni
Doʻmbrobod shahar qabristoni — Rossiyaning Toshkent shahridagi 2-sonli shahar qabristoni, shaharning Chilonzor tumani „Olmazor“ metro bekati(2010-yilgacha stansiyaning nomi „Sobir Rahimov“ boʻlgan) atrofidagi ippodrom savdo majmuasi yaqinida joylashgan. Ushbu qabriston hudud nomi bilan — Doʻmbrobod deb atalgan.
Qabriston tarixi
Qabriston 1964-yilda Toshkent shahridagi Botkin qabristonida dafn qilish uchun joy yoʻqligi sababli meʼmor I.M.Tormashev loyihasi asosida Toshkentning chekka hududida ochilgan.
Ushbu qabriston yahudiy, musulmon va boshqa konfessiyaviy din vakillarini dafn qilish moʻljallangan.
Qabristonning musulmon dini vakillari uchun ajratilgan qismi — Soʻgalli ota qabristoni deb ataladi.
Qabristonning nasroniy din vakillari dafn qilinadigan qismiga M.E.Masson, B. V.Lunin, sinolog M.I.Molozhatova va Toshkent ziyolilarining boshqa koʻplab taniqli vakillari dafn etilgan.
Qabriston hududining 127-qismidagi pravoslav cherkovi oldida baynalmilalchilar dafn etilgan joy mavjud.
Qabristonning umumiy maydoni 165 gektarni tashkil qiladi. Dafn etilganlarning taxminiy soni 450 ming kishiga yetgan.
Diniy binolar
Qabriston hududida Muqaddas Vladimir pravoslav cherkovi joylashgan (bino dastlab fuqarolik rekvizitlari zali sifatida qurilgan, ammo qurilishi tugallanmagan. 1991-yilda u dindorlarga berilgan va 1999-yil 18-noyabrda pravoslav cherkovi (ibodatxona)ga aylantirilgan.
Shuningdek, ushbu qabristonning musulmonlar uchun moʻljallangan qismida Muxtorxon masjidi ham joylashgan.
Qabriston rejasi
Qabriston rejasi openstreetmap.org da
Fotosuratlar
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org